locale OZ

«Chelsi» Dushan Vlahovich transferi boʻyicha muzokaralarni boshladi

London klubi vakillari allaqachon futbolchining agenti bilan aloqaga chiqishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» Dushan Vlahovich transferi boʻyicha muzokaralarni boshladi
FOTO: Getty Images

«Chelsi» klubi «Yuventus»ning serbiyalik hujumchisi Dushan Vlahovichni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning maʼlum qilishicha, London klubi vakillari futbolchining agenti hisoblangan otasi Milosh Vlahovich bilan aloqaga chiqishga ulgurgan. Shuningdek, «Bavariya», «Barselona» va «Nyukasl» klublari ham Vlahovichning otasi bilan muzokara olib borgani aytilmoqda. Yaqin vaqt ichida Milosh Vlahovich Turin klubi rahbariyati bilan oʻgʻlining shartnomasini uzaytirish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.

Dushan Vlahovich «Yuventus» safiga 2022 yilning qishida kelib qoʻshilgan edi. Yakunlangan mavsumda 26 yoshli serbiyalik hujumchi barcha turnirlar doirasida 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali bergan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining ayni damdagi bozor bahosi 35 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting