\"Chelsi\" Diogu Koshta uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor
Londonning "Chelsi" klubi "Portu" darvozaboni Diogu Koshtani sotib olish niyatida, deya xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur.
Ushbu transferni amalga oshirish uchun londonliklar 26 yoshli portugaliyalik posbonning shartnomasida ko‘rsatilgan 60 million yevrolik tovon pulini faollashtirishga tayyor.
Koshta "Portu" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2019-yildan buyon asosiy tarkibda harakat qilib kelmoqda. U 2025/2026-yilgi mavsumda barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 25 ta to‘p olib chiqdi va 24 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, "Chelsi" ushbu golkiperga qiziqish bildirgan "Pari Sen-Jermen" klubini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan. Londonliklar transferni rasmiylashtirish uchun dastlabki qadamlarni qo‘yishga kirishib ulgurishgan.