\"Chelsi\" Delapning o‘rniga Dushan Vlahovichni ko‘rib chiqmoqda
Hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Foto: Getty Images
Londonning "Chelsi" klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda va serbiyalik hujumchi Dushan Vlahovichni asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, agar klub Liam Delap bilan xayrlashsa, "Chelsi" Vlaovich transferi bo‘yicha amaliy harakatlarni boshlashi mumkin. Hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan, biroq futbolchi klubning qisqa ro‘yxatidan joy olgan.
Shuningdek, "Chelsi" hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ham o‘rganmoqda. Klub yozgi transfer oynasida tarkibni qayta shakllantirishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist