Chelsi Delapni sotib yuborishga tayyor
Uning klub bilan shartnomasi 2031 yil yozigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
Chelsi mavsum yakunida Liam Delap bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Everton 23 yoshli hujumchini asosiy transfer nishonlaridan biriga aylantirgan.
London klubi futbolchini 30 million funt (taxminan 34 million yevro) evaziga sotishga tayyor.
Ko‘klar Delapni sotib, undan tushadigan pullar hisobiga yangi hujumchi xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda Delap barcha musobaqalarda 24 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol va 4 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2031 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 35 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist