«Chelsi» De Jongga qiziqish bildirmoqda
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Jong Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchiga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda. Londonliklar Enso Fernandesni «Manchester Siti»ga sotganidan so‘ng, yangi yarim himoyachi izlamoqda. «Barselona» rahbariyati esa qishki tanaffusga qadar de Jongning holatini diqqat bilan kuzatib boradi va hozircha futbolchining kelajagi borasida hech bir variantni istisno qilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli de Jong 2026-yilgi Jahon chempionati vaqtida jarohat olgan va yangi mavsumda hali maydonga tushmagan. Biroq avvalroq yarim himoyachi mashg‘ulotlarga qaytgani haqida xabar berilgan edi.
De Jongning «Barselona» bilan shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.