\"Chelsi\" darvozaboni \"Sanderlend\"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images
“Chelsi” darvozaboni Jorje Petrovich faoliyatini “Sanderlend”da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Sasha Tavolierning xabar berishicha, “qora mushuklar” 25 yoshli kiper bilan 5 yillik bitim imzolamoqchi. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. Jorjening o‘zi “Sanderlend”ga yo‘l olishga tayyor.
Transfer summasi 25 million yevroni tashkil qiladi. Yana qo‘shimcha bonuslar ham shartnomaga kiritilishi mumkin.
Petrovich o‘tgan mavsumni “Strasburg” klubida ijarada o‘tkazib, 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol o‘tkazib yubordi.
Bahrom Bobonov
Redaktor