\"Chelsi\" darvozaboni APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin
Photo: Getty Images
“Chelsi” darvozaboni Jorje Petroviç faoliyatini “Bornmut”da davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi insayder Fabrizio Romano.
Manbaga ko‘ra, “olchalar” 25 yoshli serbiyalik futbolchining transferi bo‘yicha "Chelsi"ga rasmiy taklif bilan chiqqan.
Futbolchining o‘zi transferga qiziqish bildirmoqda, ammo klublar hali o‘zaro kelishib olishi kerak.
O‘tgan haftada "Sanderlend" "Chelsi" bilan kelishuvga erisha olmadi, shuning uchun endi "Bornmut"da transfer uchun juda yaxshi imkoniyat bor, deya ta’kidladi manba.
O‘tgan mavsumni Petroviç "Strasburg"da ijarada o‘tkazdi. Fransiya chempionatida darvozabon 31 ta o‘yin o‘tkazib, shundan o‘ntasida birorta ham gol o‘tkazmagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist