locale OZ

«Chelsi» bugun Mareskani ishdan boʻshatishi mumkin — manba

Murabbiyning klub rahbariyati bilan munosabatlari butunlay yomonlashib ketgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» bugun Mareskani ishdan boʻshatishi mumkin — manba
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiy Enzo Mareska bilan xayrlashishga juda yaqin turibdi. Bu haqda The Guardian nashri jurnalisti Aleks Kruk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, murabbiy bugun — 1 yanvar kuni lavozimidan ozod etilishi mumkin.

Qayd etilishicha, Mareskaning klub rahbariyati bilan munosabatlari butunlay yomonlashib ketgan. Bunda jamoaning so‘nggi natijalari muhim rol o‘ynagan: «Chelsi» oxirgi 9 o‘yinda atigi 2 marta g‘alaba qozongan.

«Bornmut»ga qarshi kechgan uchrashuvdan (2:2) so‘ng Mareska matbuot anjumanida ishtirok etmadi. Rasmiy sabab sifatida kasallik ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, aslida murabbiy klub ichidagi vaziyatdan norozi bo‘lgani uchun jurnalistlar oldiga chiqishni istamagan.

Angliya Premyer-ligasining 19 turidan so‘ng «Chelsi» 30 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. Londonliklar peshqadam «Arsenal»dan 15 ochkoga ortda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting