locale OZ

«Chelsi» bosh murabbiylikka Xabi Alonso nomzodini ko‘rib chiqmoqda

Ispaniyalik mutaxassis APLda ish boshlashga qarshi emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» bosh murabbiylikka Xabi Alonso nomzodini ko‘rib chiqmoqda
ФОТО: Getty images

“Chelsi” klubi bosh murabbiy lavozimiga Xabi Alonsoni taklif qilish variantini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi The Athletic.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 44 yoshli ispan mutaxassis bu imkoniyatni inkor etmaydi. Shu bilan birga, rasmiy qaror hozircha qabul qilinmagan va muzokaralar jarayoni davom etmoqda.

Boshqa nomzodlar orasida Andoni Iraola ham bor va ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, u mavsum oxirida “Bornmut”ni tark etishi mumkin.

Xabi Alonso ilgari “Real” klubida bosh murabbiy bo‘lgan, ammo lavozimidan ozod qilingan. “Chelsi”da esa so‘nggi vaqtlarda shtabdagi o‘zgarishlardan so‘ng bosh murabbiy vazifasini vaqtincha Kalum Makfarleyn bajarmoqda.

Shuningdek, The Telegraph xabar berishicha, “Chelsi” bosh murabbiyligi uchun kengaytirilgan nomzodlar ro‘yxatiga Oliver Glasner va Filipe Luis ham kiradi.

Hozirda londonlik klub Angliya Premer-ligasida 9-o‘rinni egallagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting