locale OZ

«Chelsi» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod maʼlum boʻldi

Avvalroq londonliklar Mareskani isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Strasburg» bosh murabbiyi Liam Rozenyor «Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi lavozimi uchun asosiy nomzod hisoblanadi. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, London klubi rahbariyati mutaxassis faoliyatini yuqori baholamoqda va ayni vaqtda u qisqa ro‘yxatdagi eng asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. «Strasburg» esa «Chelsi» tomonidan rasmiy muzokaralar boshlanishi ehtimolini inobatga olib, allaqachon ehtimoliy o‘rinbosar variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 yanvar kuni «Chelsi» bosh murabbiy Enzo Mareska bilan tuzilgan shartnomani bekor qilgandi.

Liam Rozenyor qo‘l ostida «Strasburg» Fransiya chempionatining 16-turidan so‘ng turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 23 ochko jamg‘argan va yetakchi «Lans»dan 14 ochkoga ortda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting