\"Chelsi\" Bayno-Gittens transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
"Chelsi" rasmiy sayti Jeymi Bayno-Gittens bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.
20 yoshli vinger londonliklar bilan yetti yillik shartnomaga imzo chekdi – 2032 yilning o'rtalarigacha.
Bayno-Gittensning transfer summasi oshkor etilmayapti. Shu bilan birga, avvalroq matbuotda "Chelsi" "Borussiya"ga 65 million yevro to'lashi haqida xabar berilgandi.
O'z vaqtida Jeymi Bayno-Gittens bir muddat "Chelsi" yoshlar jamoasida ham to'p surgan. "Borussiya" safida futbolchi 107 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 17 ta gol va jamoadoshlariga 14 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.