locale OZ

«Chelsi» «AZ Alkmar»ning 19 yoshli yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Shuningdek, «Nyukasl» ham ushbu futbolchiga daʼvogarlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» «AZ Alkmar»ning 19 yoshli yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Chelsi» klubi «AZ Alkmar» yarim himoyachisi Kes Smitning vakillari bilan aloqa o‘rnatgan, biroq hozircha londonliklar 19 yoshli futbolchini transfer qilish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqmagan. Bu haqda Goal nashri iNews’ga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «ko‘klar» qishki transfer oynasida faol bo‘lishni rejalashtirmayapti, biroq niderlandiyalik futbolchini yozda o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Smit «Nyukasl» klubi e’tiborida ham bor, ammo «hakkalar» lagerida yozda boshqa jamoalar «AZ Alkmar»ga yanada jozibaliroq takliflar bilan chiqishi mumkinligini yaxshi tushunishmoqda.

Joriy mavsumda Kes Smit barcha turnirlar doirasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Smitning bozor qiymati 22 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting