“Chelsi” “Ayaks”ning 19 yoshli himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images
Londonning “Chelsi” klubi “Ayaks”ning 19 yoshli himoyachisi Jorrel Xatoni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, “aristooratlar” gollandiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Ma'lumot uchun, Xato joriy mavsum barcha turnirlarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Ayaks” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Shuningdek, Xato Niderlandiya terma jamoasi safida ham 6 ta o'yin o'tkazib, bitta golga assistentlik qilgan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist