«Chelsi» «Atletiko» yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda
«Matraschilar» ushbu transferdan 100 million yevro foyda koʻrishi mumkin.
FOTO: Getty Images
Londonning «Chelsi» klubi «Atletiko» yarimhimoyachisi Pablo Barriosga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, ingliz klubi allaqachon 22 yoshli futbolchi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgan. U «Atletiko» tarkibida muhim o‘rin egallaydi va «Chelsi» uni kelajakdagi transfer oynalarida sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Joriy mavsumda Pablo Barrios 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Taʼkidlanishicha, «Atletiko» o‘z markaziy yarimhimoyachisi uchun 100 million yevro talab qilishi mumkin.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Barriosning bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist