Chelsi Aston Villaga qarshi o‘yinda texnik zonaga uloqtirilgan shisha uchun jarimaga tortildi
2025 yil 27 dekabr kuni APL 18-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Chelsi" "Aston Villa"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
photo: Google
Angliyaning "Chelsi" klubi "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda texnik zonaga uloqtirilgan shisha uchun jarimaga tortildi. Bu haqda mahalliy futbol assotsiatsiyasi sayti xabar bermoqda.
2025 yil 27 dekabr kuni APL 18-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Chelsi" "Aston Villa"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Hodisa aks etgan videoyozuv mavjud bo‘lsa-da, London jamoasi va Assotsiatsiya vakillari qoidabuzarning shaxsini aniqlay olmadi. Yakunda "Chelsi" aybiga iqror bo‘ldi va 173 ming yevro miqdorida jazoga tortildi.
Ayni paytda jamoa 22 o‘yinda 34 ochko to‘plagan holda oltinchi o‘rinda bormoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor