«Chelsi» «Arsenal»ning sobiq himoyachisiga qiziqmoqda
Uning “burgutlar” bilan kelishuvi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" klubi Italiyaning "Latsio" klubi chap qanot himoyachisi Nunu Tavareshga da'vogarlik qilmoqda. Bu haqda II Messaggero xabar berdi.
Manbaga ko'ra, rimliklar yozda ham portugaliyalik 25 yoshli futbolchini 50 million yevro evaziga sotishni istamagan edi. Ammo yanvarda klub moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida uni sotib yuborishi mumkin.
Futbolchi uchun asosiy da'vogar “Chelsi” hisoblanadi.
Ma'lumot uchun, Tavaresh huquqiy jihatdan “Arsenal”ga tegishli hisoblanadi. “Latsio” futbolchini 5 million yevro evaziga sotib olgan edi.
Uning “burgutlar” bilan kelishuvi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalidagi Tavareshning narxi 20 mln yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist