«Chelsi» — «Arsenal»: Angliya Liga Kubogidagi London derbisi
O‘yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
ФОТО: Getty images
Angliya liga kubogida bugun yarim finaldan o‘rin olgan yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
"Chelsi" "Stemford Brij"da "Arsenal"ni qabul qiladi.
Tarixga nazar tashlasak, “Arsenal” so‘nggi vaqtlarda “Chelsi”ga qarshi o‘yinlarda yaqqol ustunlikka ega. "Ko‘klar" so‘nggi 13 uchrashuvning faqat bittasida g‘alaba qozonishgan, xolos. Qolaversa, “Chelsi” o‘z uyida 2018 yildan beri “Arsenal”ni mag‘lub eta olmayapti. Bu jamoalarning joriy mavsumdagi liga uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi. Shuni ta’kidlash joizki, ikki jamoa o‘rtasidagi so‘nggi uchta to‘qnashuvning barchasida durang qayd etilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist