locale OZ

«Chelsi» APLdagi soʻnggi sakkizta oʻyinda atigi bir marta gʻalaba qozondi

Londonliklar hozirda turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» APLdagi soʻnggi sakkizta oʻyinda atigi bir marta gʻalaba qozondi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasi 20-turi doirasida «Chelsi» safarda «Manchester Siti» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa, londonliklar APLdagi so‘nggi sakkiz uchrashuvda atigi bir marta g‘alaba qozondi.

«Ko‘klar»ning omadsiz seriyasi 13-turda «Arsenal»ga qarshi bahs (1:1) bilan boshlangan. Shundan so‘ng jamoa «Lids Yunayted»ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va «Bornmut» bilan o‘yinda 0:0 durang qayd etdi.

16-turda «Chelsi» «Everton»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa-da, keyingi bahsda «Nyukasl Yunayted» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Oradan ko‘p o‘tmay, «Aston Villa»ga 1:2 hisobida yutqazildi va ikkinchi davradagi «Bornmut»ga qarshi o‘yinda yana 2:2 natija qayd etildi. Endi esa ushbu seriya «Manchester Siti»ga qarshi durang bilan davom etdi.

Keyingi turda, 7 yanvar kuni, «Chelsi» «Fulhem»ga qarshi maydonga tushadi.

Hozirda «Chelsi» 31 ochko bilan APL turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting