«Chelsi» APL tarixida 30 yoshdan oshgan futbolchisiz oʻyinni boshlagan ikkinchi jamoaga aylandi
Londonning «Chelsi» klubi Angliya Premyer-ligasi 12-turida safarda «Byornli»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Opta statistik platformasi ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘yin «aristokratlar» uchun tarixiy ko‘rsatkichga sabab bo‘ldi — jamoa ketma-ket 50 o‘yindirki, boshlangʻich tarkibida 30 yoshdan katta futbolchini maydonga tushirmayapti.
Premyer-liga tarixida bunday seriya bundan oldin faqat «Aston Villa»da kuzatilgan. Birmingemliklar 2012 yil sentyabrdan 2014 yil yanvarigacha 59 ta o‘yinni 30 yoshdan oshgan futbolchisiz boshlagan va liga rekordiga egalik qilib keladi.
Maʼlumot uchun, 12 turdan keyin «Chelsi» 23 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa yetakchidan uch ochkoga ortda qolmoqda. Keyingi turda londonliklar o‘z maydonida navbatdagi London derbisida maydonga tushadi — raqib «Arsenal» bo‘ladi.