«Chelsi» Antonio Konteni jamoaga qaytarish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda
«Chelsi» klubi 2016 yildan 2018 yilgacha jamoani boshqargan va 2017 yilda Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan italiyalik mutaxassis Antonio Konteni ortga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Kontening xizmatlariga Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) ham qiziqish bildirmoqda, biroq «Chelsi» unga rasmiy taklif bilan chiqish borasida qat’iy qarorga kelgan.
56 yoshli mutaxassis 2024 yilning yozidan buyon «Napoli» bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda va uning qo‘l ostida neapolliklar o‘tgan mavsumda Seriya A g‘olibiga aylanishdi.
Kontening klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Italiya chempionatining 33 ta turidan so‘ng «Napoli» 66 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.