locale OZ

«Chelsi» Alonso bilan muzokara o'tkazdi – Romano

Tomonlar muzokara olib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Chelsi" Alonso bilan muzokara o'tkazdi – Romano
ФОТО: Getty images

"Chelsi" yangi bosh murabbiy tayinlash masalasida Xabi Alonso bilan muzokaralar o'tkazdi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, klub yaqin vaqt ichida yakuniy qaror qabul qilishni rejalashtirmoqda. Londonliklar jahon chempionati boshlanishidan oldin yangi murabbiy nomini e'lon qilishni istamoqda.

Alonsodan tashqari, nomzodlar ro'yxatida Andoni Iraola ("Bornmut"), Oliver Glasner ("Kristal Pelas") va Marku Silva ("Fulhem") ham bor.

Eslatib o'tamiz, Alonso murabbiy sifatida so'nggi bor "Real Madrid"ni boshqargan. U 2025 yil iyun oyidan 2026 yil 12 yanvargacha jamoada ishlab, 28 ta o'yinda 20 ta g'alaba, 3 ta durang va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting