locale OZ

“Chelsi” Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi

Londonliklar 22 yoshli futbolchining transferini qishki transfer oynasida amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi” Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi
Foto: Getty Images

Londonning “Chelsi” klubi “Manchester Siti” va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirmoqda. Londonliklar 22 yoshli futbolchining transferini qishki transfer oynasida amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CaughtOffside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” mavsum boshidagi himoyaviy muammolardan so‘ng markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan. Londonliklar Premyer-liganing dastlabki besh uchrashuvida 12 ta gol o‘tkazib yuborgan. Shu sababli Husanov klubning e’tiboridagi variantlardan biriga aylangan.

Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokara yoki transfer bo‘yicha kelishuv borligi haqida ma’lumot yo‘q. Shuningdek, Premyer-liganing yana uch klubi o‘zbekistonlik himoyachining vaziyatini kuzatayotgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov 2025-yil yanvarida “Lans”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan. 2026-yil yozida himoyachi klub bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi va uning amaldagi kelishuvi 2031-yilgacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting