locale OZ

“Chelsi” 7–8 yil “Stemford Brij”siz qolishi mumkin

Clearlake Capital “Stemford Brij”ni tribunama-tribuna bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish variantini maqsadga muvofiq deb hisoblamayapti.
“Chelsi” 7–8 yil “Stemford Brij”siz qolishi mumkin
Foto: Getty Images

“Chelsi” rahbariyati “Stemford Brij” kelajagi bo‘yicha ikki asosiy variantni ko‘rib chiqmoqda: amaldagi arenani to‘liq buzib, uning o‘rnida yangi stadion qurish yoki klubni boshqa hududga ko‘chirish. Agar birinchi variant tanlansa, londonliklar qurilish davomida uy uchrashuvlarini 7–8 yil davomida “Uembli”da o‘tkazishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klubning yangi nazorat paketi egasi Clearlake Capital “Stemford Brij”ni tribunama-tribuna bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish variantini maqsadga muvofiq deb hisoblamayapti. Shu sabab rahbariyat amaldagi stadionni butunlay qayta qurish yoki Earl’s Court hududida yangi arena barpo etish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

“Stemford Brij”ni buzib, yangidan qurish tanlansa, “Chelsi” uzoq muddat boshqa stadionda o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. Klub ichidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, bu jarayon 7–8 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Shu bilan birga, Chelsea Pitch Owners avvalroq to‘liq rekonstruksiya muddati rejalashtirish jarayonlaridan keyin taxminan 4 yildan 7 yilgacha davom etishi mumkinligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, “Stemford Brij” 1877-yilda qurilgan bo‘lib, “Chelsi” 1905-yildan buyon ushbu stadionda uy uchrashuvlarini o‘tkazib keladi. Arena hozirda qariyb 40,3 ming tomoshabinni sig‘dira oladi. Klub so‘nggi yillarda sig‘im va o‘yin kunidagi daromadlarni oshirish maqsadida stadionni kengaytirish yoki yangi arena qurish variantlarini muntazam muhokama qilib kelmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting