locale OZ

“Chelsi” 35 yoshli Denni Uelbekni transfer qilmoqchi

Xabi Alonso tajribali futbolchini jamoaga taklif qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi” 35 yoshli Denni Uelbekni transfer qilmoqchi
Foto: Getty Images

“Chelsi” yozgi transfer oynasida kutilmagan transferni amalga oshirishi mumkin. London klubi “Brayton” hujumchisi Denni Uelbekni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Manbalarga ko‘ra, bosh murabbiy Xabi Alonso tajribali futbolchini jamoaga taklif qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Mutaxassis Uelbekning yetakchilik fazilatlari va Premyer Ligadagi katta tajribasi yosh tarkib uchun foydali bo‘lishiga ishonmoqda.

35 yoshli hujumchi 2025/26-yilgi Premyer Liga mavsumida 13 ta gol urib, faoliyatidagi eng sermahsul mavsumlardan birini o‘tkazdi. Uning “Brayton” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting