\"Chelsi\" 18 yoshli bosniyalik hujumchi uchun 30 million yevrodan ortiq to‘lashga tayyor
Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Foto: Getty Images
Londonning "Chelsi" klubi Germaniyaning "Bayer" Leverkuzen jamoasida to‘p surayotgan 18 yoshli bosniyalik hujumchi Kerim Alaybegovichni o‘z safiga qo‘shishga yaqin turibdi.
Kicker nashri xabariga ko‘ra, "ko‘klar" iqtidorli futbolchi transferi uchun 30 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lashga tayyor. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda va "Chelsi" ushbu transfer bo‘yicha asosiy da'vogar hisoblanmoqda.
Kerim Alaybegovich 2026-yilgi jahon chempionatidagi yorqin o‘yinlari ortidan Yevropaning bir qator top-klublari e'tiborini tortdi. Biroq ayni paytda eng jiddiy qiziqishni aynan "Chelsi" namoyish etmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist