locale OZ

«Chelsi» 16 yoshli ekvadorlik himoyachining transferi borasida kelishuvga erishdi

Isteʼdodli futbolchi 2028 yilning yanvarida londonliklar safiga qoʻshiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» 16 yoshli ekvadorlik himoyachining transferi borasida kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

«Chelsi» 16 yoshli himoyachi Deyner Ordonyesni «Independiente del Valle» klubidan sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, ekvadorlik iste’dod 2028 yilning yanvar oyida londonliklar safiga qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 7 avgust kuni «Chelsi» himoyachisi Livay Kolvill oldingi ko‘ndalang pay taqsimoti (ACL) jarohatini olgan edi va u 2025/26 yilgi mavsumda maydonga tusha olmasligi mumkin. APLning 11-turi doirasida «Vulverhempton»ga qarshi o‘yinni (3:0) himoyachi Benoa Badyashil ham o‘tkazib yuborgan.

Shuningdek, yozgi transfer oynasida Ekvador yoshlar terma jamoasi a’zosi Ordonyesga amaldagi Angliya chempioni «Liverpul» ham qiziqish bildirgani xabar qilingandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting