«Chelsi» 15 nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi
“Chelsi” klubi yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibda “tozalash ishlari”ni amalga oshirishi kutilmoqda.
Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, bu qaror klub bosh murabbiyi Entso Mareskaning tashabbusi bilan qabul qilingan. U “aristokratlar” rahbariyatiga 15 nafar futbolchining ro‘yxatini taqdim etgan.
Mareskaning “qora ro‘yxati”ga quyidagi futbolchilar kiritilgan: Kristofer Nkunku, Aksel Disasi, Benoa Badiashile, Lesli Ugokhuku, Ben Chiluel, Rahim Sterling, Alfi Gilkrist, Karni Chukwuemeka, Kirnan Dyusberi-Xoll, Nikolas Jekson, Mark Giu, Renatu Veiga, Aaron Anselmino, Armando Broya va David Datro Fofana. Klub bu futbolchilar bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Ular to‘liq transfer yoki ijara asosida jamoadan ketishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini 17 avgust kuni o‘z maydonida “Kristal Pelas”ga qarshi o‘tkazadi.