locale OZ

“Chelsi” 100 million yevrolik hujumchiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi” 100 million yevrolik hujumchiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Londonning “Chelsi” klubi “Ayntraxt” bilan 22 yoshli hujumchi Ugo Ekitikeni sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “kanonirlar”ning fransiyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun kurashdagi asosiy raqibi “Liverpul” hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, frankfurtliklar Ekitike uchun 100 million yevro talab qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Ekitike o'tgan mavsum barcha turnirlarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting