locale OZ

Chavarriya «Chelsi»ga o‘tish uchun Angliyaga yo‘l oldi

Transfer bo‘yicha kelishuv kecha kechqurun to‘liq yakunlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chavarria «Chelsi»ga o‘tish uchun Angliyaga yo‘l oldi
ФОТО: Getty images

Ispaniyaning «Rayo Valyekano» klubi himoyachisi Pep Chavarriya «Chelsi»ga o‘tish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Angliyaga yo‘l oldi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano o‘zining X sahifasida xabar qildi.

Romanoning ma’lum qilishicha, transfer bo‘yicha kelishuv kecha kechqurun to‘liq yakunlangan. London klubi ushbu transfer uchun 19 million yevro kafolatlangan mablag‘ va qo‘shimcha 2 million yevro bonus to‘laydi.

28 yoshli ispaniyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgach, «Chelsi» bilan rasmiy shartnoma imzolaydi.

2025/2026 yilgi La Liga mavsumida Chavarriya 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, u Konferensiyalar ligasida 8 ta bahsda qatnashib, 1 ta assist qayd etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting