«Chaqiruvdan xursandman, borimizni berib harakat qilamiz» - Anvarjon Hojimirzayev
«Surxon» - «Dinamo» (0:2) uchrashuvidan so‘ng samarqandliklar hujumchisi Anvarjon Hojimirzayevning Termizdagi o‘yin va O‘zbekiston milliy jamoasiga taklif etilgani haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
«Avvalo, muxlislarimizni, "Dinamo" jamoamizni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Oson o‘yin bo‘lmadi, lekin Xudoga shukur, uddaladik. Maqsadimiz g‘alaba edi va bunga erishdik.
Hissiyotlar yaxshi, albatta, Xudoga shukur deymiz, nasib qildi. O‘zbekistonlik barcha futbolchilarning orzusi, maqsadi milliy jamoada o‘ynash. Chaqirilganimdan xursandman, Xudo xohlasa borimizni berib, harakat qilamiz», - deydi "Dinamo" jamoasi sardori.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi 9-oktabr kuni Toshkentda Kuvaytga qarshi maydonga tushsa, 13-oktabrda Malayziyada Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.