locale OZ

Chaloba «Inter»ga o‘tish arafasida

Tomonlar 2031 yilgacha amal qiladigan shartnoma bo‘yicha o‘zaro kelishib olgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chaloba “Inter”ga o‘tish arafasida
ФОТО: Getty images

“Chelsi” himoyachisi Trevo Chaloba faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Italiya chempioni “Inter” 26 yoshli angliyalik futbolchi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan. Tomonlar 2031 yilgacha amal qiladigan shartnoma bo‘yicha o‘zaro kelishib olgan.

Biroq transfer hali rasmiy yakunlanganicha yo‘q. Endi milanliklar “Chelsi” bilan transfer summasi borasida to‘liq kelishuvga erishishi lozim.

Ma’lum qilinishicha, London klubi Chaloba uchun 35 million yevro va qo‘shimcha 5 million yevro bonus talab qilmoqda. “Inter” esa hozircha 30 million yevro hamda 5 million yevro bonus taklif etgan.

2025/2026 yilgi mavsumda Trevo Chaloba barcha musobaqalarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting