locale OZ

Chalhanog'lu jarohati sabab Ispaniyaga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuboradi

Hal qiluvchi bahs 18 noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chalhanog'lu jarohati sabab Ispaniyaga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuboradi
FOTO: Getty Images
JCH. Saralash. Yevropa
18.11.2025, Yak.
Ispaniya
2
Turkiya
2

Turkiya milliy jamoasi markaziy yarimhimoyachisi Hakan Chalhanog‘lu 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining so‘nggi turida Ispaniyaga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi.

Hal qiluvchi uchrashuv 18 noyabr, seshanba kuni Sevilyadagi «Olimpiko de Sevilja — La Kartuxa» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Turkiya milliy jamoasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Chalhanog‘lu Ispaniyaga qarshi o‘yin uchun qaydnoma ro‘yxatidan jarohat sabab chiqarib tashlangan. Ma’lum qilinishicha, u Bolgariya bilan o‘tgan bahsda (2:0) bilagidan jarohat olgan.

Maʼlumot uchun, saralashning tugashiga bir tur qolganida Turkiya 5 o‘yinda 12 ochko jamlab, «E» guruhida ikkinchi o‘rinda bormoqda. 15 ochkoga ega Ispaniya esa peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting