locale OZ

“Celta” mavsum yakunlangandan so‘ng Aspilikuetani erkin agent sifatida qo‘shib olishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Celta” mavsum yakunlangandan so‘ng Aspilikuetani erkin agent sifatida qo‘shib olishi mumkin
“Celta” mavsum yakunlangandan so‘ng Aspilikuetani erkin agent sifatida qo‘shib olishi mumkin

Madridning “Atletiko” markaziy himoyachisi Sesar Aspilikuetaga Vigoninig “Celta” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. AS nashrining xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi mavsum yakunida jamoasini tark etib, yangi klubga erkin agent sifatida o‘tishi mumkin.

Ispaniyalik futbolchining “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga yetadi. “Celta” esa ushbu vaziyatdan foydalanib, himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Aspilikueta joriy mavsum La Ligada 12 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Ispaniya chempionatida 33 turdan so‘ng “Celta” 7-o‘rinda bormoqda, “Atletiko” esa 3-o‘rinda turibdi va yuqori pog‘onalar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting