CAFA Nations Cup. O‘zbekiston Qirg‘izistonni yirik hisobda mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi
Фото: ЎФА
CAFA Nations Cup 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Qirg‘iz Respublikasi uchrashuvi yakunlandi.
Uchrashuvda katta ustunlikka ega bo‘lgan o‘zbekistonliklar 4:0 hisobida zafar quchdi.
Gollar Akmal Mozgovoy, Otabek Shukurov, Igor Sergeev va Aziz Turg‘unboev hisobiga yozildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi CAFA turnirining final bosqichiga yo‘l oldi. Endi hal qiluvchi bahsda Eronga qarshi maydonga tushadi. Qarama-qarshilik 8 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston – Qirg‘iz Respublikasi 4:0
Gollar: 1:0 – 20-daqiqa, Akmal Mozgovoy, 2:0 – 67-daqiqa, Otabek Shukurov (penalti), 3:0 – 82-daqiqa, Igor Sergeev, 4:0 – 90+3-daqiqa, Aziz Turg‘unboev.
Guruh o‘yinlari yakunlandi. Turnir jadvali bilan tanishing:

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist