locale OZ

CAFA Nations Cup. Final va 3-o‘rin uchun o‘yinlar qachon bo‘lib o‘tadi?

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
CAFA Nations Cup. Final va 3-o‘rin uchun o‘yinlar qachon bo‘lib o‘tadi?
Фото: ЎФА

O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasini yirik hisobda (4:0) mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

Temur Kapadze murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi CAFA Nations Cup-2025 A guruhida 7 ochko to‘plagan Ummonni to‘plar nisbatiga ko‘ra ortda qoldirdi va guruh peshqadami bo‘ldi.

Endi "oq bo‘rilar" final o‘yinida B guruhida 1-o‘rinni egallagan Eronga qarshi 8 sentyabr kuni Toshkentda kuch sinashadi. Bellashuv soat 19:30da “Olimpiya” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni 3-o‘rin uchun bahsda Ummon Hindiston bilan Hisorda (Tojikiston) o‘ynaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting