locale OZ

«Byornli» ham Chempionship'ga ravona boʻldi

Jamoa yuqori ligaga chiqishidan bir yil oʻtib, yana quyi divizonga tushib ketdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Byornli» ham Chempionship'ga ravona boʻldi
FOTO: Getty Images

«Byornli» Angliya yuqori divizionini tark etdi. Bu Premyer-liganing 34-turida jamoaning «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berishidan (0:1) so‘ng ma’lum bo‘ldi.

Skott Parker shogirdlari Premyer-ligada qolish imkoniyatini butunlay yo‘qotishdi. Turnir yakunlanishiga to‘rt tur qolgan bir vaziyatda jamoa ligada jon saqlab qolish imkonini beruvchi 17-pog‘onadan 13 ochko ortda qolmoqda. Demak, «Byornli» qolgan o‘yinlarda maksimal 12 ochko jamg‘arishi mumkin, xolos.

Avvalroq «Vulverxempton» ham Angliya Premyer-ligasida qolish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan edi.

Shu tariqa, «Byornli» yuqori ligaga chiqqanidan bir yil o‘tib, yana Chempionshipga qaytadigan bo‘ldi.

Angliya chempionatida «Manchester Siti» 70 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Arsenal» hisobida ham 70 ochko mavjud.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting