«Byornli» Dubravkaning transferini e’lon qildi
Photo: Getty Images
Martin Dubravka "Nyukasl"dan "Byornli"ga o'tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, 36 yoshli darvozabon yangi klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi va u yerda birinchi raqam ostida o'ynaydigan bo'ldi.
Slovakiyalik posbon "Nyukasl" safida 2018 yilning yanvaridan buyon to'p tepib kelayotgan edi va u yerda 179 ta o'yinda maydonga tushgan.
Futbolchi Slovakiya terma jamoasi safida ham 50 dan ortiq o'yin o'tkazgan.
Avvalroq “Byornli” posboni Jeyms Trafford “Manchester Siti”ga yo'l olgandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor