locale OZ

Buyuk Britaniyaning Westminister universiteti prezidenti, professor Piter Bonfild «Olimpiya shaharchasi» majmualari bilan tanishdi

Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Buyuk Britaniyaning Westminister universiteti prezidenti, professor Piter Bonfild «Olimpiya shaharchasi» majmualari bilan tanishdi
FOTO: Olympic.uz

Toshkentga tashrif buyurgan xorijiy nufuzli universitetlardan biri Westminister universitetining prezidenti, professor Piter Bonfild bugun «Olimpiya shaharchasi» bilan yaqindan tanishdi.

Xorijiy mehmonga shaharchadagi «Velodrom», «Markaziy o'yingoh», «Suv sporti», «Jamoaviy sport turlari» va «Yakkakurash sport turlari» binolari va ularda yaratilgan sharoitlar bo’yicha ma’lumotlar berildi.

Shundan so’ng Sport vaziri o’rinbosari Shaxrillo Mahmudov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirokida xorijiy delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Prezidenti tashabbuslari asosida mamlakatda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, natijalar, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyati bo’yicha ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga Piter Bonfild tomonidan Westminister va Westminister Tashkent universitetlari hamda Sport vazirligi o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha tashabbuslar ilgari surildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting