“Buxoro”ning uch nafar futbolchisi O‘zbekiston U-23ga chaqirildi
Photo: Bukhoro PFK
Otabek Boymurodov, Izzatillo Po‘latov hamda Ravshan Xayrulloyev O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga chaqiruv oldi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Mirabror Usmonov Kubogi uchun qaydnomasini e’lon qildi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa Mirabror Usmonov Kubogi-2025 doirasida Saudiya Arabistoni va Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.
“Buxoro” safidan ushbu musobaqada Buxoro jamoasi a’zolari Otabek Boymurodov, Izzatillo Po‘latov va Ravshan Xayrulloyev ham ishtirok etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist