locale OZ

Buxoro yangi mavsumga tayyorgarlikni birinchi qismini yakunladi

Qizilqum yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini 4-yanvarda o’z qarorgohida boshlagan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Buxoro yangi mavsumga tayyorgarlikni birinchi qismini yakunladi
photo: Buxoro fk

Buxoro yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini 4-yanvarda o’z qarorgohida boshlagan edi.

Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi Turkiyaning Antaliya shahrida 14-yanvardan boshlab tashkil etildi. Bosh murabbiyimiz Aleksandr Xomyakov va murabbiylar shtabi tomonidan mashg’ulotlar kuniga ikki mahaldan yuqori saviyada bo’lib o’tdi. Yig’in davomida futbolchilarimizning jismoniy holati, texnik va taktik ishlanmalarni oshirish ustida alohida ish olib borildi.

Dastlabki bosqich yig’inida uchta nazorat uchrashuvlari tashkil etildi. Mazkur bahslar orqali jamoaviy o’yinni takomillashtirish hamda futbolchilarning tayyorgarlik darajasi aniqlashtirildi.

14-31 yanvar kunlari yuqori intensivlikda o’tkazilgan mashg’ulotlardan so’ng futbolchilarimizga qisqa muddatli ta’til beriladi va tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi 4-fevraldan 18-fevralga qadar davom ettiriladi. Mazkur yig’inda ham 3 ta o’rtoqlik uchrashuvlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting