locale OZ

«Buxoro» Ulugʻbek Baqoevni isteʼfoga chiqardi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Buxoro» Ulugʻbek Baqoevni isteʼfoga chiqardi
Photo: Bukhoro PFK

“Buxoro” klubi bosh murabbiy Ulugʻbek Baqoevni isteʼfoga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Buxoro" futbol klubi rahbariyati va jamoamiz bosh murabbiyi Bakaev Ulugʻbek Istamovich bilan oʻzaro kelishilgan holda, ikki tomonlama mehnat shartnomasi bekor qilindi. "Buxoro" futbol klubi va muxlislar nomidan Bakaev Ulugʻbek Istamovichga qilgan mehnatlari uchun minnatdorchiligimizni bildiraman va kelgusi ishlariga omad tilab qolamiz!", — deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Eslatib oʻtamiz, “Buxoro” turnir jadvalida 14-oʻrinda bormoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting