“Buxoro” jamoasi Turkiyadagi o’quv-mashg’ulot yig’inini yakunladi.
Antaliyadagi yig’in davomida jamoamiz jami 9 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Shundan 6 o’yinda durang va 3 ta mag’lubiyat qayd etildi.
photo: Buxoro fk
Jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini 14-yanvardan 18-fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida o’tkazdi. Xorij yig’ini, murabbiylarimizning to’liq rejasi va nazorati ostida o’tdi. Yig’in davomida futbolchilarimizning texnik va taktik tayyorgarligi, jismoniy holatni yaxshilash, jamoaviy futbolni takomillashtirish ustida ishlar olib borildi.
Antaliyadagi yig’in davomida jamoamiz jami 9 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Shundan 6 o’yinda durang va 3 ta mag’lubiyat qayd etildi.
Jamoamiz bugun tunda yurtimizga qaytib keladi va futbolchilarimizga qisqa muddatli ta’til beriladi. 22-fevraldan e’tiboran, Superliganing 1-turiga tayyorgarlikni o’z qarorgohimizda olib borish rejalashtirilgan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor