locale OZ

“Buxoro” jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi, “Andijon” jamoasi stadionida esa VAR texnikasini joylashtirish ishlari olib borilmoqda

Mazkur sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Buxoro” jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi, “Andijon” jamoasi stadionida esa VAR texnikasini joylashtirish ishlari olib borilmoqda
photo: Buxoro fk

“Buxoro” jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi, “Andijon” jamoasi stadionida esa VAR texnikasini joylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda.

Ayni paytda “Buxoro” klubining uy stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi. Rejaga muvofiq, “Andijon” jamoasining uy stadionida VAR texnikasini o‘rnatish va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, “So‘g‘diyona” klubi stadioni ham bosqichma-bosqich ushbu tizim bilan jihozlanadi.

Mazkur sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting