Buxoro futbol klubi a’zolari Kelishilgan o‘yinlar va totalizatorga qarshi kurash bo’yicha onlayn seminarda ishtirok etdi
O‘FA maxsus inspeksiyasi mutasaddilari tomonidan, Antaliyada qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan jamoamiz a’zolari uchun onlayn tarzda seminar o‘tkazildi.
photo: Buxoro fk
“Buxoro” futbol klubi a’zolari “Kelishilgan o‘yinlar va totalizatorga qarshi kurash” bo’yicha onlayn seminarda ishtirok etdi.
So‘ngi yillarda O‘FA hamda O‘zPFL tomonidan totalizator va kelishilgan o‘yinlar kabi illatlarga qarshi kurash yuqori bosqichga chiqdi. Bu kabi qing‘irliklarning oldini olish bo‘yicha ham ko‘plab jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun O‘FA maxsus inspeksiyasi mutasaddilari tomonidan, Antaliyada qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan jamoamiz a’zolari uchun onlayn tarzda seminar o‘tkazildi.
O’FA mutaxassislari, turli xil va’dalarga aldanib, kelishilgan o‘yinlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi, uning salbiy oqibatlari va qo‘llaniladigan choralar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor