«Buxoro» avgustdan boshlab uy o'yinlarini Qarshida qabul qiladi
Photo: UzPFL
"Buxoro" o'z uy uchrashuvlarini "Nasaf"ning "Markaziy" stadionida o'tkazadi. Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
"Buxoro" klubi uy uchrashuvlarini o'tkazishi rejalashtirilgan stadion hozircha Liga tomonidan Superliga bellashuvlari uchun ro'yxatdan o'tkazilmadi.
"Superliga va Proliga reglamenti"ga ko'ra, klub rasmiy uchrashuv boshlanishiga 20 kun qolguniga qadar stadion masalasini to'liq hal qilishi lozim. Shundan kelib chiqib, Buxoro shahridagi stadion tayyor bo'lguniga qadar "Buxoro" klubi o'z uy uchrashuvlarini Qarshi shahrida o'tkazish bo'yicha "Nasaf" bilan kelishuvga erishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist