locale OZ

«Buxoro» Aleksandr Xomyakov bilan yangi shartnoma imzoladi

Tomonlar o‘rtasida ikki yillik yangi shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Buxoro» Aleksandr Xomyakov bilan yangi shartnoma imzoladi
Фото: Бухоро ПФК

"Buxoro" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi.

Tomonlar o‘rtasida ikki yillik yangi shartnoma imzolandi. Ushbu qaror klub rahbariyati tomonidan jamoaning barqaror rivoji, uzoq muddatli rejalari hamda professional yondashuvni saqlab qolish maqsadida qabul qilindi.

"Aleksandr Andreevich o‘z faoliyati davomida jamoada intizom, birlik va raqobatbardosh muhitni shakllantirdi. Uning tajribasi, zamonaviy futbolga bo‘lgan qarashlari hamda mas’uliyatli yondashuvi klub oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Klub rahbariyati bosh murabbiyga bildirayotgan ishonch to‘liq ekanini ta’kidlaydi va kelgusi mavsumlarda jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo‘yilganini ma’lum qiladi", — deyiladi klub tarqatgan xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting