locale OZ

Burundida futbolchi tanga yutib yuborishi oqibatida maydonda vafot etdi

U shifoxonaga olib ketilayotganda hayotdan ko‘z yumdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Burundida futbolchi tanga yutib yuborishi oqibatida maydonda vafot etdi
Фото: Getty Images

Burundining «Les Guepiers du Lac» klubi yarim himoyachisi Igiraneza Aime Gerik o‘yin vaqtida maydonda vafot etdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, fojiaga futbolchi o‘yin davomida og‘zida saqlagan tangani yutib yuborishi sabab bo‘lgan.

Voqea Ngaraga milliy texnik markazida «LLB Amasipiri Never Give Up» jamoasiga qarshi kechgan milliy ikkinchi divizion uchrashuvida yuz berdi. Futbolchi to‘satdan maydonga yiqilgan. Tibbiy guruhlarning tezkor aralashuviga qaramay, u shifoxonaga olib ketilayotganda hayotdan ko‘z yumdi.

Burundi futbol federatsiyasi zudlik bilan bayonot berib, marhumning oilasi va klubiga hamdardlik bildirdi, biroq rasmiy xabarda o‘limning aniq sababi keltirilmagan. Shunga qaramay, voqea joyidagi ko‘plab manbalar o‘limga futbolchi og‘zida bo‘lgan tanga sabab bo‘lganini tasdiqlamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting