locale OZ

Bunyodkorning Antaliya yig‘inidagi birinchi raqibi ma'lum

Jamoa 7 yanvar kuni Antaliyaga jo‘nab ketadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bunyodkorning Antaliya yig‘inidagi birinchi raqibi ma'lum
Фото: Бунёдкор ПФК

“Bunyodkor”ning Antaliya yig‘inidagi birinchi raqibi aniq bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ertaga, 7 yanvardan boshlab Turkiyaning Antaliya shahrida qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydigan “qaldirg‘ochlar”imizning nazorat o‘yinlari doirasidagi ilk raqibi ma'lum bo‘ldi.

Ilyos Zeytullaev murabbiyligidagi jamoamiz 14 yanvar kuni Chexiya chempionatining 2-ligasi peshqadami “Zbrojovka Brno”ga qarshi maydonga tushadi. Daraja jihatidan O‘zbekiston Proligasiga teng keladigan Chexiya 2-ligasida birinchi davra o‘yinlari yakuniga yetgan.

Raqibimiz 16 ta jamoa qatnashadigan liganing birinchi davrasida 13 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 2 ta uchrashuvda durang qayd etgan va faqat bir marotaba mag‘lubiyatga uchrab, 41 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

Chexiyalik 51 yoshli mutaxassis Martin Svedik murabbiylik qilayotgan “Zbrojovka Brno” safida asosan mahalliy futbolchilar to‘p suradi. Tarkibdagi o‘yinchilarning o‘rtacha yoshi 26,9 ni tashkil qiladi. Jamoaning Transfermarkt portalidagi umumiy bahosi — 5,96 million yevro”, — deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting