locale OZ

«Bunyodkor» yaponiyalik himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Endi 28 yoshli futbolchi 2027 yil yakunigacha toshkentliklar safida qoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bunyodkor» yaponiyalik himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Бунёдкор ПФК

Toshkentning "Bunyodkor" klubi yangi mavsum uchun o‘z tarkibini shakllantirishda davom etmoqda.

"Qaldirg‘ochlar" matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jamoaning yaponiyalik chap qanot himoyachisi Itsuki Urata 2 yillik yangi shartnomaga imzo chekdi. Endi 28 yoshli futbolchi 2027 yil yakunigacha toshkentliklar safida qoladi.

Uning maydondagi intizomi, tezkorligi va himoyadagi ishonchliligi jamoamiz uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu yangi shartnoma — futbolchiga bo‘lgan ishonchimizning yana bir tasdig‘i», — deyiladi xabarda.

Urata o‘tgan mavsumda jami 21 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting