locale OZ

«Bunyodkor» — «Qo'qon-1912»: jamoalarning o'zaro o'yinlar statistikasi

Jamoalar shu kungacha barcha musobaqalarda 19 marta o'zaro to'qnash kelgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bunyodkor" — "Qo'qon-1912": jamoalarning o'zaro o'yinlar statistikasi
Фото: UzPFL

Bugun, 20 avgust kuni Oʻzbekiston Superligasining 18-turi doirasida "Bunyodkor" va "Qo'qon-1912" jamoalari o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.

Jamoalar shu kungacha barcha musobaqalarda 19 marta o'zaro to'qnash kelgan. Ulardan 10 tasida "Bunyodkor", 6 tasida esa "Qo'qon-1912" g'alaba qozongan, yana 3 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan.

O'zaro bahslarda "Bunyodkor" raqib darvozasiga 30 ta gol urgan bo'lsa, qo'qonliklar 20 ta gol bilan javob qaytargan.

Jamoalarning eng yirik g'alabalari: "Bunyodkor" — 5:0, "Qo'qon-1912" — 3:0.

Joriy mavsumdagi birinchi o'zaro uchrashuvda "Qo'qon-1912" "Bunyodkor"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting